IDNQS
Global Gateway
DARYA
UNESCO
EU
ETF
UNESCO shafeligi ostida

BUTUNJAHON PROFESSIONAL TA'LIM
VA RIVOJLANTIRISH SAMMITI

GLOBAL TVET & SKILLS SUMMIT

📍 O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri  ·  📅 26–28 oktabr, 2026

STATISTIKA

TXIF – 2025 raqamlarda

7Davlat va hukumat rahbarlari
200+Ma'ruzachilar va moderatorlar
3,000+Xorijiy mehmonlar
30+Hamkorlar va homiylar
95+Ishtirokchi davlatlar
1+ mlrdOAVda yoritilish
$30+ mlrdErishilgan kelishuvlar hajmi
MA'LUMOT

Sammit haqida

Ushbu Sammit O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PQ–314-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida 2026-yil 26–28-oktabr kunlari Toshkent shahridagi Hilton Tashkent City mehmonxonasida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Sammit texnik va kasbiy ta'limni rivojlantirish, kelajak kasblari uchun zarur ko'nikmalarni shakllantirish, inson kapitalini mustahkamlash, ta'lim bilan mehnat bozori o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda ilg'or xalqaro tajribalarni o'zaro almashishga qaratilgan yuqori darajadagi xalqaro muloqot maydoni sifatida tashkil etiladi.

Sammit yakunlari bo'yicha texnik va kasbiy ta'lim sohasida manfaatdor davlatlar, xalqaro tashkilotlar va rivojlanish hamkorlarini birlashtiruvchi doimiy TVET xalqaro hamkorlik guruhini tashkil etish nazarda tutilgan. Mazkur guruh kasbiy ta'lim siyosatini muvofiqlashtirish, ilg'or tajriba va texnologiyalar almashinuvi, qo'shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish, malakalarni o'zaro tan olish, pedagoglar va o'quvchilar mobilligini kengaytirish, shuningdek mehnat bozori talablariga muvofiq kadrlar tayyorlash bo'yicha yangi imkoniyatlarni ochib beradi.

Shu bilan birga, Sammit doirasida O'zbekiston kasbiy ta'lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan bir qator istiqbolli investitsiya, moliyalashtirish va amaliy hamkorlik loyihalari bo'yicha kelishuvlarga erishish hamda tegishli hujjatlarni imzolash ko'zda tutilmoqda. Natijada Sammit davlatlar, xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar va xususiy sektor o'rtasida uzoq muddatli hamkorlikni ta'minlovchi barqaror xalqaro platforma sifatida shakllantiriladi.

26–28 oktabr2026-yil, Hilton Tashkent City
23davlat vakili taklif etilgan
32taklif xati yuborilgan

GLOBAL TVET & SKILLS SUMMIT

Spikerlar va oliy darajadagi mehmonlar

Barchasini ko'rish
Emin Eldar oglu Amrullayev

Emin Eldar oglu Amrullayev

Ozarbayjon Respublikasi fan va ta'lim vaziri

🇦🇿 Ozarbayjon
Andrei Ivanets Ivanovich

Andrei Ivanets Ivanovich

Belarus Respublikasi ta'lim vaziri

🇧🇾 Belarus
Christina Egelund

Christina Egelund

Daniya oliy ta'lim va fan vaziri

🇩🇰 Daniya
Prof. Dr. Suzana Kraljic

Prof. Dr. Suzana Kraljic

Maribor universiteti Huquq fakulteti Tibbiyot huquqi markazi rahbari, Erasmus dasturi koordinatori

🇸🇮 Sloveniya
Dr. Sukanta Majumdar

Dr. Sukanta Majumdar

Hindiston hukumatining ta'lim masalalari bo'yicha davlat vaziri

🇮🇳 Hindiston
Azmi Mahmoud Mahafzah

Azmi Mahmoud Mahafzah

Iordaniya ta'lim vaziri

🇯🇴 Iordaniya
Suleymenova Juldiz Dosbergenovna

Suleymenova Juldiz Dosbergenovna

Qozog'iston Respublikasi ta'lim vaziri

🇰🇿 Qozog'iston
Choi Kyo-jin

Choi Kyo-jin

Koreya Respublikasi ta'lim vaziri

🇰🇷 Janubiy Koreya

Sammit dasturi

Kun tanlang

1-KUN

Yuqori darajadagi siyosiy muloqot

26-oktyabr
08:30–09:00
Ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, Coffee Break
09:00–10:00
Sammitning rasmiy ochilish marosimiMezbon davlat vakili (Prezident Administratsiyasi / Hukumat) YuNESKO vakili Xalqaro tashkilotlarning yuqori darajadagi vakillari
10:00–11:30
Kasbiy talimni milliy taraqqiyot strategiyalarining ustuvor yo‘nalishi sifatida rivojlantirishIshtirokchilar: talim, mehnat, iqtisodiyot va ko‘nikmalarni rivojlantirish sohasi vazirlari; xalqaro tashkilotlar rahbarlari. Muhokama mavzulari: kasbiy talimni iqtisodiy rivojlanish strategiyalariga integratsiya qilish; iqlim o‘zgarishiga moslashish siyosati; raqamli transformatsiya jarayonlarida kasbiy talimning o‘rni.
11:30–12:00
Coffee Break, rasmiy fotosessiya, OAV uchun brifing
12:00–13:30
Kelajak mehnat bozori, suniy intellekt va ko‘nikmalar tizimiMuhokama mavzulari: suniy intellektning mehnat bozoriga tasiri; kelajak kasblari; ko‘nikmalar tizimini transformatsiya qilish.
13:30–14:30
TushlikSammit o‘tkazilayotgan mehmonxonada
14:30–16:00
Parallel tematik sessiyalar1-yo‘nalish: Ko‘nikmalar va mehnat bozori — mehnat bozori talablari va ko‘nikmalar o‘rtasidagi nomutanosiblik; ish beruvchilar ishtirokini kengaytirish; talim dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish. 2-yo‘nalish: «Yashil» iqtisodiyot va raqamli transformatsiya — yashil ko‘nikmalar; raqamli transformatsiya; ikki tomonlama o‘tish jarayonlari. 3-yo‘nalish: Inklyuzivlik va mehnat mobilligi — mehnat migrantlari va qaytib kelgan fuqarolar; gender tengligi; kasbiy talimdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.
16:00–16:30
Coffee Break
16:30–17:45
Asosiy xulosalar va strategik yo‘nalishlarTematik sessiyalar yakunlari; moderator ishtirokida umumiy muhokama.
17:45
Kechki ovqatSammit o‘tkazilayotgan mehmonxonada

Taqdimotlar

Milliy sifatni ta'minlash tizimi uzluksiz ta'lim doirasida milliy malaka tizimini qanday qo'llab-quvvatlaydi
Milliy sifatni ta'minlash tizimi uzluksiz ta'lim doirasida milliy malaka tizimini qanday qo'llab-quvvatlaydi
O'zbekiston Respublikasida Milliy malaka tizimining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari
O'zbekiston Respublikasida Milliy malaka tizimining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari
FAQ

Savollaringiz bormi?
Javoblari shu yerda

Savolingiz qoldimi?Biz bilan bog'laning

Sammit 2026-yil 26–28-oktabr kunlari Toshkent shahridagi Hilton Tashkent City mehmonxonasida bo'lib o'tadi.